Markaziy saylov komissiyasi referendumga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

O‘zbekiston 12:58 / 29.06.2022 9129

Majlisda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi loyihasi muhokama etilgan. Unga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi kotibiyatini yuqori malakali ekspertlar bilan birgalikda seminar-treninglarning o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

MSK matbuot xizmatiga ko‘ra, majlisda tashkilot vakolatidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlament quyi palatasida birinchi o‘qishda qabul qilinib, jamoatchilik muhokamasi uchun chiqarilgan. Joriy yil 5 iyun kuni qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlanadi.

Uchinchi bosqichda prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifi asosida - referendum o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: