Kremenchugga hujum oqibatlari, yangi zarbalarga tayyorlanayotgan Kiyev. Urush suratlari

Jahon 13:53 / 29.06.2022 23026

28 iyun kuni BMT Xavfsizlik kengashi Kremenchugdagi «Amstor» savdo markazi o‘qqa tutilishini muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish chaqirdi - bu hujum oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Yig‘ilishda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy chiqish qilib, Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olishga chaqirdi. Xuddi shu vaqtda Turkiya NATO sammitida Shvetsiya va Finlandiyaning alyansga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi, Bolgariya esa 70 nafar rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishini e’lon qildi. AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Bu cheklovlar yana 57 kishi (jumladan Tina Kandelaki) va 100 dan ortiq kompaniyani (jumladan «Kamaz») qamrab oladi. 

Chapdan o‘ngga (orqa qatordan boshlab): NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Finlandiya prezidenti Sauli Niinisto, Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li, finnlar TIV rahbari Pekka Haavisto va shvedlar TIV rahbari Ann Linde Turkiya Finlandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lishiga rozilik bildirgan memorandumni imzolamoqda. Foto: AP Photo/Bernat Armangue

Quyida 28 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Odessa

Leszek Szymanski / EPA / Scanpix / LETA

Odessa yaqinida ukrain armiyasining dala lageri. Rossiya bosqini boshlanganidan buyon shaharning o‘zida va uning atrofidagi hududlarda harbiy harakatlar olib borilmagan, ammo hudud doimiy ravishda raketa zarbalariga uchramoqda. 

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

«Amstor» savdo markazidagi supermarketning yonib ketgan tokchalari, 27 iyun kuni bu yerga rossiyaliklarning X-22 qanotli raketasi kelib tushdi. Rossiya tomoni bayonotida aksi aytilayotganiga qaramay, hujum vaqtida savdo markazi ishlab turgan va odamlar gavjum bo‘lgan. Kamida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 40 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.

Rossiya raketasi tomonidan vayron qilingan «Amstor» savdo markazida tozalash ishlari
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain o‘t o‘chiruvchilari rossiyaliklar raketa zarbasi oqibatlari bartaraf etilganidan keyin tin olmoqda.
Anna Voitenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya raketasi tomonidan vayron qilingan savdo markazi oldida yig‘ilgan odamlar. «Katta yettilik» mamlakatlari 28 iyun kuni berilgan bayonotda bu hujumni harbiy jinoyat deb atashdi. Foto: Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylar hujumidan jabrlanganlardan biriga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Politsiya xodimi Kremenchugdagi savdo markazidan 300 metr masofadagi daraxt tanasiga qadalib qolgan raketa parchasini ko‘zdan kechirmoqda
AP Photo/Efrem Lukatsky

Xarkiv 

Ko‘ngillilar «Noma’lum» tablichkasi ostida dafn etilgan rossiyalik harbiy xizmatchi jasadi qoldiqlarini eksgumatsiya qilishga yordamlashmoqda
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Rossiya raketa zarbasidan vayron bo‘lgan maktab binosini tozalamoqda. Xarkiv oblasti 28 iyun kuni o‘qqa tutilishi oqibatida mahalliy aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lgandi. Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Front chizig‘i yaqinida yashovchi x​​​​​arkivliklar ko‘ngillilar tomonidan tarqatilayotgan oziq-ovqat uchun navbatda turibdi.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Kiyev 

Andrew Kravchenko / Bloomberg / Getty Images

Getman Petro Sagaydachno sharafiga o‘rnatilgan haykal snaryad parchalaridan himoyalash uchun qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘rab qo‘yilgan. Bir necha haftalik tanaffusdan keyin Kiyev yana Rossiya tomonidan o‘qqa tutila boshladi. 26 iyun kuni ko‘p qavatli uylardan biriga raketa kelib tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangandi. 

Kiyevliklar shahar ko‘chalarida qolayotgan tankka qarshi to‘siqlar yonidan o‘tmoqda
Andrew Kravchenko / Bloomberg / Getty Images
Ko‘proq yangiliklar: