Kaliningradga Litva orqali yuk olib o‘tish bir necha kundan so‘ng tiklanishi mumkin - Reuters 

Jahon 21:14 / 29.06.2022 10833

Kaliningradga Litva orqali yuk olib o‘tish bir necha kundan so‘ng tiklanishi mumkin, deb xabar berdi Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib. 

Agentlikning yozishicha, YeI Vilnyus bilan bu borada murosaga kelmoqda. 

«Yevropalik amaldorlar Boltiqbo‘yi davlati bilan murosaga kelayotgani bois Rossiyaning Kaliningrad eksklavi bilan Litva orqali savdo bir necha kun ichida iziga tushishi mumkin», — deb yozadi agentlik. 

Qayd etilishicha, hozirda Kaliningradni sanksiyaviy rejimdan chiqarish bo‘yicha muzokaralar ketmoqda. 

18 iyunga o‘tar kechasi Litva temiryo‘llari Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostiga tushgan katta ro‘yxatdagi tovarlar tranzitini to‘xtatib qo‘ydi. 

Rossiya xavfsizlik kengashi Litvani javob choralari haqida ogohlantirdi

Ko‘proq yangiliklar: