Attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalari e’lon qilindi

O‘zbekiston 07:35 / 29.06.2022 3446

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda respublikadagi mavjud 143 ta madaniyat va istirohat bog‘larida, shuningdek boshqa ko‘ngilochar maskanlarda jami 1 879 ta attraksion faoliyat ko‘rsatmoqda.

2019-2021 yillar mobaynida attraksionlar bilan bog‘liq jami 7 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va bu uch nafar insonning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan.

Qaror loyihasi bilan “Attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalari”ni tasdiqlash ko‘zda tutilgan.

Attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalari barcha turdagi attraksionlar, yordamchi qurilmalar uchun texnik talablarni qo‘llash va amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda ushbu talablar bilan bog‘liq montaj qilish, sozlash, saqlash, foydalanish, tashish va utilizatsiya jarayonlarini tartibga soladi.

Qoida quyidagi attraksionlarga nisbatan tatbiq etiladi:

  • mexanizatsiyalashgan ilgarilanma harakatli (shu jumladan suvdan foydalaniladigan);
  • mexanizatsiyalashgan aylanma harakatli;
  • mexanizatsiyalashgan murakkab harakatli;
  • avtodromlar, yo‘llar va kartinglar;
  • dam berib shishirilgan (batutlar);
  • yo‘lovchilarga I, II va III-darajali biomexanik ta’sir ko‘rsatuvchi attraksionlar;
  • biomexanik xavfliligi IV-darajali va kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatmali mexanizatsiyalashgan.

“Attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari” quyidagilarni belgilaydi:

  • attraksion pasporti va attraksionlarni identifikatsiyalash;
  • attraksionlarni montaj qilish, foydalanishga qabul qilish va ishlash muddatini uzaytirish uchun texnik diagnostika shartlari;
  • attraksionlarga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • attraksionlarni saqlash va utilizatsiya qilish;
  • suv attraksionlari pasporti;
  • suv attraksionlari qabul sinovlari;
  • suv attraksionlarini suv parkida joylashtirish va foydalanishga qabul qilish;
  • suv attraksionlaridan foydalanishga ruxsat berish;
  • suv attraksionlariga texnik xizmat ko‘rsatish, baholash, ta’mirlash va modifikatsiya qilishga nisbatan talablar;
  • suv attraksioni texnik holatini baholash, ta’mirlash va modifikatsiyalash;
  • dam berib shishirilgan attraksionlar va ular chidamliligini tekshirish sinovlari.
Ko‘proq yangiliklar: