3722 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lab berildi 

O‘zbekiston 11:19 / 29.06.2022 2442

Qayd etilishicha, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan  3 758 nafar fuqaroga to‘lov qaydnomalari shakllantirilib, Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, 28 iyun holatiga ko‘ra 3 722 nafar shaxsga (99 foiz) to‘lovlar amalga oshirildi. 

Joriy yil iyun oyida vaqtincha uyida yo‘qligi sababli to‘lanmasdan qaytarilgan 36 nafar fuqaroga qo‘shimcha to‘lov mablag‘lari iyul oyi to‘lovlariga qo‘shib yetkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: