Toshkentda Buyuk Turon shohko‘chasi ikki kunga vaqtincha yopiladi

O‘zbekiston 10:38 / 28.06.2022 5889
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, «Yoshlar kuni» doirasida 28 iyun kuni «Toshkent yoshlar karnavali-2022» o‘tkaziladi. 

Shu sababli, 27 iyun kuni soat 19:00 dan 29 iyun soat 00:00 ga qadar Buyuk Turon shohko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Alisher Navoiy shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtotransport vositalarining qatnovi uchun yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: