Toshkent metrosining «Tinchlik» bekatidagi issiq suv quvurlaridan suv sizib chiqdi

O‘zbekiston 16:49 / 28.06.2022 9785

Qayd etilishicha, suv sizib chiqishi sababli bekatdagi 2-vestibyulning bir qismi vaqtincha yopib qo‘yilgan.

Hozirda «Toshkent metropoliteni» DUK hamda «Toshissiqquvvati» mas’ul xodimlari tomonidan kerakli ishlar amalga oshirilayotgani aytiladi.

«Muammo bartaraf etilmoqda», deyiladi metropoliten ma’muriyati ma’lumotida.

Bundan oldin Toshkent metrosi yerusti bekatlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligi kamaytirilgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: