Soliq qo‘mitasi o‘zbekistonliklarga 180 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘ladi

O‘zbekiston 07:19 / 28.06.2022 6621

Qayd etilishicha, may oyi uchun 509 781 nafar iste’molchiga 53,8 mlrd so‘m keshbek to‘landi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-aprel oylari uchun yana 1,8 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

Yil boshidan buyon 673 597 nafar fuqaroga 180,5 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Bildirilishicha, tasdiqlangan keshbek summasini kechadan boshlab bank plastik kartalariga o‘tkazib olish mumkin.

Bundan oldin xaridorlar chekini ro‘yxatdan o‘tkazib, 16,5 mln so‘m keshbek to‘plagan kassir aniqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: