Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida «valyutchik»lar ushlandi

O‘zbekiston 08:58 / 28.06.2022 1225

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Samarqand shahri va Nishon tumanida noqonuniy valuta ayirboshlash holatlarining oldi olingan.

Jumladan, Nishon tuman bo‘limi va viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valuta qimmatliklarini muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan B.N. boshqa bir fuqaro B.ga jami 10 ming AQSh dollarini 109,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valuta qimmatliklarini muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan A.V. jami 3 ming AQSh dollarini fuqaro A.ga 32,7 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: