Madaniy meros agentligi Toshkentda Shota Rustaveli haykali olinganiga izoh berdi

O‘zbekiston 07:22 / 28.06.2022 9959

Qayd etilishicha, Shota Rustaveli monumental san’at yodgorligi XX asrga oid bo‘lib, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.

Bildirilishicha, hozirda ushbu ko‘cha obodonlashtirilmoqda. Madaniy meros agentligining ilmiy ekspert kengashi tomonidan loyihaga ruxsat berilgan. Unga asosan haykal asli saqlangan holda, salobatini yo‘qotmaslik maqsadida 50 santimetrga balandroq ko‘tarish uchun vaqtinchalikka olingan.

Foto: Madaniy meros agentligi 

“Shu o‘rinda shahrimiz aholisi hamda blogerlarga yurtimizdagi madaniy meros obektlarini himoya qilishga befarq bo‘lmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va mazkur yo‘nalishdagi tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlashga tayyormiz”, deyiladi ma’lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: