Kolumbiyadagi qamoqxonada sodir bo‘lgan isyon natijasida 49 kishi halok bo‘ldi 

Jahon 18:25 / 28.06.2022 4412

Kolumbiya janubi-g‘arbidagi Tulua shahrida joylashgan qamoqxonada yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 49 nafar mahbus halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat qamoqxonalar agentligi rahbari Tito Kastelyanos ma’lum qildi

Kastelyanosning so‘zlariga ko‘ra, isyon ko‘targan mahbuslar matraslarni yoqib yuborgan. Natijada yong‘in kelib chiqqan va 49 nafar mahbus yong‘in qurboni bo‘lgan. 

Uning ma’lumot berishicha, 30 kishi jarohatlangan. Qamoqxonada 1267 nafar mahbus bo‘lib, yong‘in sodir bo‘lgan blokda 180 kishi bo‘lgan. 

Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Tuluadagi fojia bo‘yicha tergov ishlari olib borilishini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: