Jizzaxda ikki kunda uchta yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisalardan biriga elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv, yana biriga qarovsiz qoldirilgan ventilyator sabab bo‘lgan.

Foto: FVB axborot xizmati
Jizzax viloyati FVB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 25 iyun kuni soat 5:55 larda Jizzax viloyati FVB tezkor boshqaruv markaziga G‘allaorol tumani “G‘afur G‘ulom” MFYda joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Darhol yong‘in joyiga G‘allaorol tumani FVBning 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga soat 6:02 da yetib borgan. Soat 6:05 da yong‘in o‘rab olingan va soat 6:22 da o‘chirilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida xonadonning 130 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in oqibatida yashash xonadonining 35 metr kvadrat maydonda shift qismi yonib zararlangan. Hodisada hech kim jabrlanmagan. Dastlabki surishtiruvga ko‘ra, yong‘inga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
2022 yil 25 iyun kuni soat 9:10 larda viloyat FVBga Sharof Rashidov tumani “Xayrobod” MFYda joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Hodisa joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 9:22 da yetib borgan. Soat 9:49 da yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida yashash xonadonining 20 metr kvadrat maydonda shift qismi yonib zararlangan. Hodisada hech kim jabrlanmagan. Aniqlanishicha, yong‘inga qarovsiz qoldirilgan ventilyator sabab bo‘lgan.
Shuningdek, 27 iyun kuni soat 14:45 larda viloyat FVBga Do‘stlik tumani Do‘stlik ko‘chasida joylashgan dehqon bozori hududida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga soat 14:48 da yetib borgan. Soat 15:23 da yong‘in batamom o‘chirilgan. Hodisa oqibatida bozor hududida joylashgan ikkita do‘konning metr kvadrat qismi yonib zararlangan. Hodisada hech kim jabrlanmagan.
Avvalroq, Samarqand viloyatida bir hafta ichida to‘rtta yong‘in sodir bo‘lgan va ularda savdo do‘konlari yonib zararlangandi.
Mavzuga oid

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

10:23 / 10.03.2025