Farg‘onada davlat resursidan ajratilgan unni qimmat narxda sotib yuborish holati aniqlandi

O‘zbekiston 13:14 / 28.06.2022 9106

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bog‘dod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.A. otasi A. va qarindoshi X.ning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil qilib, amalda o‘zi norasmiy rahbarlikni amalga oshirgan.

Mahkama ma’lumotiga ko‘ra, u imzolarini soxtalashtirish orqali “Bog‘dod don mahsulotlari” AJdan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 420,6 mln so‘mlik 151,4 tonna un mahsulotini joriy yil fevral-aprel oylari uchun dislokatsiyada belgilangan 19 ta mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, Marg‘ilon shahri hududida boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Departament tomonidan e’lon qilingan xabarda yozilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: