Ayrim toifadagi davlat xizmatchilari moslashuvchan ish rejimiga o‘tishi mumkin

O‘zbekiston 13:12 / 28.06.2022 10339

Qayd etilishicha, agentlik tomonidan davlat xizmatchilari ish rejimi bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni kunlarda davlat xizmatchilarining ish vaqti masalasi tadqiq qilinmoqda. Xorijiy, amaliyotda o‘zini oqlagan tajribalar o‘rganilmoqda. 

Ushbu so‘rovnomada ham ish rejimiga oid muhim savollar o‘rin olgan va u tizimni yanada takomillashtirish, davlat xizmati jozibadorligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

So‘rovnoma anonim xarakterga ega, unda davlat xizmatchilari va xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: