Qarshiga boradigan “Afrosiyob” poyezdlari bittaga ko‘paydi

O‘zbekiston 20:45 / 27.06.2022 9239

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasining xabar berishicha, Toshkent-Qarshi yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan Samarqand hamda Buxoroga boradigan elektropoyezdlarning harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.

Harakat jadvaliga ko‘ra:

  • Toshkent-Qarshi yo‘nalishida qatnovni amalga oshiradigan 780-sonli “Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi har haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 da Toshkent Markaziy vokzalidan;
  • Qarshi-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa Qarshi vokzalidan soat 15:25 da qatnovini amalga oshiradi.

“Shu bois 2022 yil 8 iyul sanasidan boshlab, bugungi kunda Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Yangi jadval bo‘yicha:

  • “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanadigan 764-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi har kuni soat 08:30da Toshkent Markaziy vokzalidan,
  • “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi soat 16:15da Samarqand vokzalidan,
  •  “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanadigan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa soat 08:56da Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Shu munosabat bilan 10 iyuldan boshlab haftaning har yakshanba kuni Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 768/767-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi to‘xtatiladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkinligini eslatgan.

Ko‘proq yangiliklar: