O‘zbekistonda binolar uchun toza energiya loyihasi JBning 143 mln dollarlik krediti ko‘magida amalga oshiriladi

O‘zbekiston 09:31 / 27.06.2022 3021

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, loyiha Jahon bankining 143 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli krediti ko‘magida amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki guruhiga a’zo bo‘lgan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) O‘zbekiston hukumatiga past foiz stavkasida, muddati 30 yil, jumladan, besh yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli moliyalashtirishni taqdim etadi.

Joriy yil 24-25 may kunlari O‘zbekiston va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi o‘rtasida kredit bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston delegatsiyasiga energetika vaziri birinchi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi delegatsiyasiga Jahon banki mintaqaviy menejyeri Marko Mantovanelli rahbarlik qildi.

O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari salohiyatini oshirish borasidagi mavqeyini, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini xalqaro hamjamiyat qo‘llab-quvvatlashi, energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha maqsadlarni hisobga olgan holda, Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi loyihani bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi va uni amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi imtiyozli resurslaridan uzoq muddatli kredit ajratishni ma’qulladi.

Loyiha O‘zbekistonda energiya tejash va energiya samaradorligini oshirishga investitsiyalarni jalb qilish uchun bozor rag‘batlarini yaratishda muhim rol o‘ynash uchun mo‘ljallangan.

Loyiha mamlakat barcha hududlarini qamrab oladi. Uning doirasida maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash sohalarida 800 dan ortiq muassasani modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Loyiha asosiy natijasi jamoat binolari energiya samaradorligini oshirish, energiya tejash va toza energiya ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish tartib-qoidalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishdan iborat bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: