Hafta davomida anomal issiq harorat davom etadi

O‘zbekiston 11:20 / 27.06.2022 20908

Dam olish kunlari mamlakat hududiga Erondan juda issiq havo kirib kelishi boshlandi, kunduzi termometr ustuni 38-41 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 daraja issiqqacha ko‘tarildi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ushbu haftada iqlimiy qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘lgan havo harorati bilan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi.

Kechalari 23-26 daraja issiq, kunduz kunlari 39-42 daraja issiq, respublika janubida va cho‘l hududlarida 43-45 daraja issiq bo‘ladi. 

Qayd etilishicha, faqat juma kuni issiq harorat biroz pasayadi. Respublika hududi katta qismida harorat 37-40 daraja issiq atrofida bo‘ladi, janubiy hududlarda 43-45 daraja issiq atrofida bo‘lgan juda yuqori harorat saqlanib turadi.

Respublika ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Bugun ayrim tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: