Murodjon Ahmadaliyev himoya jangida nokaut bilan g‘alaba qozondi (video)

Sport 07:46 / 26.06.2022 32614

Toshkent vaqti bilan 26 iyun tongida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi 11-jangini o‘tkazdi.

Ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi hisoblangan Ahmadaliyev (11-0, 8 KO) Amerikaning Texas shtatida Matchroom tomonidan tashkil etilgan turnirda amerikalik Ronni Riosga (33-4-0, 16 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 

Jang o‘zbekistonlik bokschining ustunligi ostida o‘tdi. 12-raund davomida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasining avvaliga raqibning tana qismiga, keyinchalik bosh qismiga bergan kuchli zarbalaridan so‘ng raqib polga quladi, ammo jangni davom ettirdi. Murodjon esa hujumni to‘xtatmasdan oldinga bordi va uning navbatdagi ketma-ket zarbalaridan so‘ng referi jangni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi.

Murodjon chempionlik kamarlarini 3-bor himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi, bu himoya janglarining ikkitasida raqib muddatidan oldin mag‘lub etild.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev oxirgi jangini 2021 yilning 19 noyabr kuni Xose Velaskesga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida ustun kelgandi.

Ko‘proq yangiliklar: