Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar ko‘tarilishi davom etmoqda

O‘zbekiston 10:20 / 26.06.2022 28491

Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanishlar soni ortishda davom etayotgani, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda yangi kasallanish holatlari yana 100 dan oshiq bo‘lgani haqida xabar berdi.

«2022 yil 25 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240345 (+139) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 3 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 10 nafari Surxondaryo  viloyatida, 
  • 11 nafari Farg‘ona viloyatida, 
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 13 nafari Toshkent viloyatida,
  • 56 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida

  • Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, 
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent shahrida 15 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237882 (+25) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda iyun oyining ikkinchi yarmida koronavirusga chalinish holatlari orta boshladi. 18 iyun kuni fevral oyidan buyon ilk bor kunlik holatlar soni 100 dan oshdi (+108). Keyingi besh kunlikda kunlik holatlar soni 100 dan kamroq bo‘ldi, ammo 25 iyun kuni yana 100 dan oshiq holat (+119) qayd etildi.

Shahar hokimi qarori bilan, Toshkent shahrida koronavirusni davolashga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: