Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi

O‘zbekiston 07:25 / 25.06.2022 5520

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, 2023 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

2024/2025 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida Universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda – dastlabki imtihon va kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi. 

Bunda:

  • dastlabki imtihon va kirish test sinovlari DTM tomonidan o‘tkaziladi;
  • dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi;
  • kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.

2024 yil 1 yanvarga qadar:

  • universitet faoliyatida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimi to‘liq joriy etiladi;
  • universitet ilmiy jurnali Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritiladi.

2023 yil 1 martgacha umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ilg‘or o‘qituvchilar ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: