Samarqand davlat tibbiyot universitetida viloyat “Yoshlar festivali”ning bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 12:07 / 25.06.2022 13867

Samarqand davlat tibbiyot universitetida viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Yoshlar festivali doirasidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlar o‘tkazildi. Viloyatdagi 10 ta OTM jamoalari 2 ta tur bo‘yicha kuch sinashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni SamISIning “Galaktikus”, 2-o‘rinni SamDUni “Tafakkur” va 3-o‘rinni SamDTUning “Ibn Sino” jamoalari egallashdi.

Festival doirasida viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi sport musobaqalarida Samarqand davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari turli sport turlarida faol qatnashib “Basketbol” va “Voleybol” bo‘yicha 2-o‘rin, “Gandbol” bo‘yicha 4-o‘rin va “Mini-futbol” sport turi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

SamDTU yangi binosida universitet talaba-yoshlari uchun tashkil etilgan bayram kechasida ishtirok etgan Samarqand viloyati xokimi Erkinjon Turdimov barcha g‘oliblar va universitet magistratura bitiruvchilarini tantanali ravishda taqdirladi.

Bayram kechasida Markaziy harbiy okrug xizmatchilari tomonidan qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy tayyorgarlik namoyish etilgan chiqishlar, shaxmat, shashka, stol-tennisi, qo‘l jangi sport turlari bo‘yicha chiqishlar va o‘yinlar o‘tkazildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan milliy liboslar tanlovi, Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar barchaga xursandchilik kayfiyatini olib keldi.

Tadbir davomida Yoshlar Ittifoqi tomonidan bir qator faol, bilimi, mehnatsevarligi, namunali jamoatchilik faoliyati bilan ajralib turadigan talabalarga tashakkurnomalar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Shundan so‘ng taniqli xonandalar hamda raqs guruhlarining gala-konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi.

Ish bilan birga, “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” festivali doirasida Samarqand viloyati umumta’lim maktablarining 10 va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Kimyo» hamda «Rus tili va adabiyoti» fanlaridan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida viloyat xokimligidan ishtirokchilarga diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

SamDTU matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: