Korxonada shtatlar qisqarganda ishda qolishda kimlar imtiyozli huquqqa ega ekani ma’lum qilindi

O‘zbekiston 07:29 / 25.06.2022 12429

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:

  • qaramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga;
  • oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;
  • mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;
  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida tegishli mutaxassislik bo‘yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarini tamomlagan shaxslarga o‘qishni tugatgandan so‘ng mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;
  • mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
  • urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
  • atom obektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog‘liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo‘liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga.
Ko‘proq yangiliklar: