JSST bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatitning 900 dan ortiq holatini aniqladi

Jahon 12:08 / 25.06.2022 17231

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotida aytiladi.

Ta’kidlanishicha, bu ma’lumotlar 2022 yil 22 iyun holatiga to‘g‘ri keladi. Oldingi hisobot 27 may kuni e’lon qilinganidan beri JSSTga 270 ta yangi ehtimoliy holat haqida, jumladan, to‘rtta yangi mamlakatdan xabar kelib tushgan.

«JSST beshta hududda bolalarda noma’lum etiologiyali og‘ir o‘tkir gepatitni aniqlagani noodatiy holat, ayrim holatlarning og‘ir klinik oqibatlari esa batafsil o‘rganishni talab qiladi», deyiladi xabarda. 

Yosh bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit kasalligi birinchi marta aprel oyida Buyuk Britaniyada qayd etilgan va o‘sha paytda o‘nta bunday holat kuzatilgan. Keyinchalik aniqlangan holatlar soni, jumladan, retrospektiv tarzda qayd etilgan kasalliklar tufayli 900 dan oshdi. Gepatitning ehtimoliy holatlari orasida 45 tasida (5 foiz) bolaga transplantatsiya talab qilindi, 18 tasida (2 foiz) bemor vafot etdi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, xabar qilingan aksariyat holatlar bir biri bilan epidemiologik jihatdan bog‘liq emas, faqat Shotlandiya va Niderlandiyadagi holatlar bundan mustasno.

Ko‘proq yangiliklar: