Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotib YTH sodir etgan qashqadaryolik haydovchi halok bo‘ldi

O‘zbekiston 10:06 / 25.06.2022 2162

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 19 iyun kuni soat 2:30 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz mahallasi hududidan o‘tgan 1014-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Arabbandi qishlog‘ida yashovch,  1989 yilda tug‘ilgan fuqaro Isuzu yuk mashinasi bilan Jizzax-Samarqand yo‘nalishida ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Kamaz yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Oqibatda, Isuzu yuk mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hozirda G‘allaorol tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzaxdagi dovonda tormozi ishlamay qolgan DAF yuk mashinasi ikkita mashinani urib yuborib, o‘zi AYoQShlardan birining ustuni bilan to‘qnashgandi.

Ko‘proq yangiliklar: