Eron va AQSh yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni qaytadan boshlaydi

Jahon 18:28 / 25.06.2022 9976

Yevroittifoq Eron va AQShning yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni tiklashiga yordam beradi. Bu haqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi

Borrelning qayd etishicha, u Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan uchrashuvida AQSh bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni yaqin kunlar ichida tiklash borasida kelishuvga erishgan. 

«Mening Tehronga tashrifimdan asosiy maqsad bitta – kelishuvlarga yangi turtki berish va yadroviy kelishuvni kerakli oqimga qaytarish», — dedi Borrel. 

22 iyun kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Tehronga borgandi

U Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan yadroviy kelishuv atrofidagi vaziyatni muhokama qildi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: