«So‘g‘diyona» Qirg‘iziston klubidan ustun kelib, OFK kubogini g‘alaba bilan boshladi

Sport 21:08 / 24.06.2022 21296

Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tgan uchrashuvda Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari Qo‘chqor-Ota shahri jamoasidan ustun ekanliklarini ko‘rsatishdi. 

Birinchi bo‘lim yakunida jizzaxliklarning legioneri Luka Chermel Jasur Hasanovning uzatmasini golga aylantirib, o‘yinda hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida esa bu safar ham Jasur Hasanovning yetkazgan to‘pini yana bir legioner Marko Kolakovich qirg‘iz klubi darvozasiga joylab qo‘ydi – 2:0.

Shu tariqa, Jizzax klubi OFK kubogi tarixidagi debyut o‘yinida debyut gollarni kiritib, ilk g‘alabasiga erishdi. Guruhdagi ikkinchi bahs Tojikistonning TsSKA va Turkmanistonning «Oltin Asr» klubi o‘rtasida o‘tadi. Jizzaxliklar navbatdagi turda 27 iyun kuni TsSKA (Dushanbe) jamoasiga qarshi saf tortishadi.

OFK kubogi. «Ye» guruhi. 1-tur
«Co‘g‘diyona» – «Neftchi» (Qirg‘iziston) – 2:0
Dushanbe, «Markaziy» stadioni.

Hakamlar: Srikrishna Komibatore (Hindiston)
Gollar: Luka Chermel 45+2, Marko Kolakovich, 53.
«So‘g‘diyona»: 27. Milan Mitrovich, 6. Iskandar Shoyqulov, 7. Shahboz Jo‘rabekov, 10. Shoxruz Norxonov (20. Bahodir Nasimov, 80), 11. Jasur Hasanov (33. Doniyor Abdumannopov, 63), 12. Xislat Xalilov, 16. Artyom Filiposyan, 19. Javohir Qahramonov (8. Marat Bikmayev, 80), 23. Behro‘z Shodmonov (77.Daniyel Nasriddinov, 45), 31.Luka Chermel, 93. Marko Kolakovich.
«Neftchi» (Qirg‘iziston): 1. Mixail Paus, 3. Azamat Abdullayev, 6. Askarbek Saliyev, 7. Argen Jumatayev, 9. Eldar Moldojunusov (8. Davlyatxan Baratov, 75), 10. Tursunali Rustamov, 12. Esenbek Uson Uulu, 19. Abrorbek Askarov, 20. Ahlidin Isroilov, 21. Almazbek Malikov, 77. Adilet Kannabekov (23. Abror Xidiraliyev, 75).

Ko‘proq yangiliklar: