Rossiyada Il-76 samolyoti halokatga uchradi 

Jahon 10:44 / 24.06.2022 14302

Ryazan oblastida 24 iyun, juma kuni ertalab Il-76 harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi. Hodisa vaqtida bortda 10 kishi bo‘lgan, ulardan 3 nafari halok bo‘lgan. U yerda bo‘lgan barcha fuqarolar salondan olib chiqildi. 7 kishi tibbiy muassasalarga yetkazilgan. Ularning ahvoli haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Halokatdan keyin yong‘in boshlangan, biroq u to‘liq o‘chirilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqaviy bosh boshqarmasi yerda hech qanday vayronagarchiliklar yo‘qligini ma’lum qildi. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Il-76 Orenburgdan Belgorodga uchgan va Ryazanda yonilg‘i quyish rejalashtirilgan. Xabar qilinishicha, samolyot turar joy binolaridan unchalik uzoq bo‘lmagan Mixaylovskoye shossesi yaqinidagi dalaga qattiq qo‘nishni amalga oshirgan. Uning dvigatelida nosozlik aniqlangan. Mahalliy aholidan hech kim jabrlanmadi. 

«24 iyun kuni Il-76 harbiy-transport samolyoti Ryazan oblastida qattiq qo‘nishni amalga oshirdi. Yuksiz o‘quv-mashg‘ulot parvozi vaqtida dvigatelda aniqlangan nosozlik tufayli ekipaj yerga qo‘nishga qaror qildi», - deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida. 

«Yer bilan to‘qnashganda samolyot qisman bo‘linib ketdi», - deya tushuntiriladi Mudofaa vazirligi xabarida. 

Ko‘proq yangiliklar: