“Rossiya butun dunyoni garovga olmoqda” – Germaniya tashqi ishlar vaziri

Jahon 18:41 / 24.06.2022 26746

Rossiya "butun dunyoni garovga olmoqda", dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri  Annalena Berbok xalqaro oziq-ovqat konferensiyasi ochilishi oldidan.

U yana bir bor Moskva "ongli ravishda ocharchilikdan qurol sifatida foydalanayotgani"ni ta’kidladi.

Berbokning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 345 mln kishiga ocharchilik xavf solmoqda. Oziq-ovqat inqirozi "xatarli to‘lqin"ga aylanmoqda, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi esa "bu to‘lqinni sunamiga aylantirmoqda". 

Uning ta’kidlashicha, Rossiya oziq-ovqat narxlari keskin o‘sishida aybni boshqalarga ag‘darishga urinmoqda. 

"Muammoni yechishning yangi yo‘llarini topish, xususan, Ukrainadan quruqlik va daryolar orqali oziq-ovqat eksportini jadallashtirish kerak", - dedi Annalena Berbok. 

Berbokning ma’lumot berishicha, xalqaro oziq-ovqat konferensiyasida 40dan ortiq davlat vazirlari, BMT, nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Konferensiya 26-28 iyun kunlari o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: