Inson a’zolarini transplantatsiya qilishga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

O‘zbekiston 10:42 / 24.06.2022 6906

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi va bu qilmish og‘irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlik, shuningdek ularni O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi. 

Mazkur jinoyatlar bilan bog‘liq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: