Dam olish kunlari issiq bo‘ladi

O‘zbekiston 11:24 / 24.06.2022 4181

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, aksariyat viloyatlarda kunduzi termometr ustuni 36-39 daraja issiqqa yetadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-42 daraja issiqqacha bo‘ladi.

Ertadan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechasi 21-24 daraja issiq, kunduzi 36-39 daraja issiq atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 daraja issiqqacha bo‘ladi. 

Yakshanba kuni harorat foni kechasi 23-26 daraja issiqqacha, kunduzi 38-42 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: