Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Senati qurol qonunlarini biroz qat’iylashtirishga qaror qildi
Qonun loyihasi 21 yoshga to‘lmagan qurol sotib oluvchilarni tekshirishni kuchaytirishni nazarda tutadi. Bu qurol haqidagi qonunlarning qariyb 30 yil ichida birinchi marta qat’iylashtirilishidir.

Foto: Getty Images
AQSh Senati o‘tgan oy maktablarda sodir bo‘lgan ikki qonli voqeadan so‘ng, qurol-yarog‘ga oid qonunlarni biroz qat’iylashtirishni yoqlab ovoz berdi. 23 iyun, payshanba kuni kechqurun tegishli qonun loyihasini 65 nafar senator qo‘llab-quvvatladi, 33 nafari qarshi chiqdi. Ushbu hujjat Kongress Vakillar palatasi tomonidan tasdiqlansa va AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolansa kuchga kiradi.
AQShda so‘nggi 30 yil ichida birinchi marta qurol to‘g‘risidagi qonunlar kuchaytirilmoqda. Qonun loyihasi 21 yoshga to‘lmagan qurol sotib oluvchilarni tekshirishni kuchaytirishni nazarda tutadi. Ayrim shtatlar potensial xavfli fuqarolardan qurollar vaqtincha tortib olingani uchun moliyaviy mukofotlar olishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, maktablarda xavfsizlikni yaxshilash va jabrlanganlarga psixologik yordam ko‘rsatish uchun milliardlab dollar ajratish ko‘zda tutilgan.
Demokratlar qonunchilikni yanada jiddiyroq kuchaytirish tarafdori bo‘lishdi, ammo Senatda bloklovchi ozchilikka ega respublikachilarning qarshiliklariga duch kelishdi. Shunga qaramay, ekspertlar demokratlar va respublikachilar Qo‘shma Shtatlardagi jamiyatning hozirgi chuqur qutblanishi fonida qurol-yarog‘ to‘g‘risidagi qonun loyihasi matni bo‘yicha umumiy kelishuvga erishganini muvaffaqiyat deb hisoblamoqda.
May oyida AQShda sodir bo‘lgan ikki qonli voqea qurolga oid qonunlarni kuchaytirish borasidagi munozaralarning yangi bosqichiga sabab bo‘ldi. Nyu-York shtatida 18 yoshli yigit supermarket va uning atrofida 10 kishini otib o‘ldirdi, Texasda esa yana bir 18 yoshli yigit boshlang‘ich maktabda 19 nafar bola va ikki o‘qituvchini otib tashladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

21:29 / 13.07.2025
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

19:50 / 13.07.2025
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025