Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanish istiqboli Ukrainadagi urush oqibatlari va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga bog‘liqligini bildirdi
O‘zbekiston iqtisodiyoti Rossiya iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq. 2022 yilda mamlakatning rivojlanish istiqbollari Ukrainadagi urush oqibatlari va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga bog‘liq bo‘ladi.

Foto: MANDEL NGAN / AFP
Bu haqda Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) hisobotida aytilgan.
2020 yildagi pandemiya savdo, turizm va transportda keskin pasayishga olib keldi. Biroq, real o‘sish 1,9 foizlik ijobiy darajada qoldi. Yil oxirida inflatsiya 11 foizga tushdi.
2021 yilda iqtisodiy o‘sish 7,4 foizni tashkil etdi. Global narxlar bosimiga qaramay, qat’iy pul-kredit siyosati inflatsiyani 2021 yil oxiriga kelib 10 foizga tushirishga yordam berdi.
Savdo va pul o‘tkazmalarining qayta tiklanishi bilan joriy operatsiyalar taqchilligi biroz oshib, YaIMning 7 foizini tashkil etdi. Ijtimoiy yordam, investitsiyalar va kreditlar ko‘rinishidagi davlatning iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi budjetning umumiy taqchilligini 2 foiz punktga oshirib, YaIMning 6,2 foiziga teng bo‘ldi.
O‘zbekistonning Rossiya bilan yaqin iqtisodiy aloqalari hisobga olinsa, 2022 yil uchun istiqbollar Ukrainadagi urush oqibatlari va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga bog‘liq bo‘ladi. Rossiyada pul o‘tkazmalari, savdo va moliyalashtirishning sekinlashishi, 2022 yilda o‘sishni 3-4 foizga qisqartirishi va joriy operatsiyalar taqchilligini 8,5 foizgacha oshirishi kutilmoqda.
Inflatsiya 10 foizdan yuqori bo‘lib qolishi kutilmoqda, chunki global oziq-ovqat va xomashyo narxlari yuqoriligicha qolmoqda, ammo noaniqlik ham yuqori darajada turibdi.
XVJ davlat korxonalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan fiskal risklarni bartaraf etgan holda, daromadlarni oshirish va rentabellikni ko‘paytirishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun Markaziy bankning nazorat va makroprudensial tizimini ham kuchaytirish, banklar faoliyatini yaqindan kuzatib borish tavsiya etilgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

09:34 / 28.06.2025