Xitoyning 22ta harbiy samolyoti Tayvan havo hujumidan mudofaa hududiga kirdi 

Jahon 20:18 / 23.06.2022 14063

Xitoy xalq ozodlik armiyasining 22ta samolyoti Tayvan havo hujumidan mudofaa hududiga kirdi. Bu haqda Tayvan mudofaa vazirligi xabar berdi

Xabarda aytilishicha, orolga ikkita kemalarga qarshi samolyot, o‘nta qiruvchi, beshta qiruvchi-bombardimonchi, ikkita strategik bombardimonchi va boshqa harbiy samolyotlar yaqinlashgan. 

21 iyun kuni esa Tayvan mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa hududiga 29ta harbiy samolyot kirganini ma’lum qilgandi. 

Tayvan amalda Xitoydan ayri davlat sifatida shakllangan, lekin rasman «Xitoy respublikasi» nomini saqlab turibdi. Mamlakatning o‘z konstitutsiyasi, armiyasi va saylangan hukumati bor. Fuqarolik urushi tugashi va 1949 yil materikda kommunistlar g‘alabasidan keyin saylangan hukumatini Tayvan Xitoydagi yagona qonuniy boshqaruv organi deb biladi.

Pekin Tayvanni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi.

Ko‘proq yangiliklar: