Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto BYD bilan hamkorlikda O‘zbekiston iste’molchilarining ehtiyojlarini o‘rganishni boshladi
UzAuto O‘zbekiston iste’molchilari uchun eng yaxshi mahsulotni yaratish va ularning ehtiyojlarini aniqlash maqsadida Xitoyning BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda "Car Clinic" – tadqiqot loyihasini o‘tkazishni boshladi. Unda potensial xaridorlarning yangi energiya manbalari bo‘yicha avtomobillarni qabul qilishi o‘rganiladi.

Foto: UzAuto
UzAuto bozoriga avtomobillarning olib kirilishida dastlab iste’molchilarning fikrini o‘rganish an’anaga aylandi. Bu o‘z navbatida kompaniyaning barcha mahsulotlarini mahalliy sharoit va afzalliklarga moslashtiradi.
Iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlash maqsadida, BYD avtomobil modellarining plaginli gibrid elektromobillari (PHEV) prototiplar sifatida taqdim etildi.
"Car Clinic" ishtirokchilari taqdim etilgan modellarning texnik xususiyatlari orasida BYD tomonidan ishlab chiqarilgan portlash va yong‘inga chidamli Blade Battery akkumulyatorlarning mavjudligini qayd etishdi.
Bu akkumulyator to‘liq zaryad va to‘liq yoqilg‘i bakida 100 km uchun atigi 3,8-4,5 l yoqilg‘i sarfi bilan 1 200 kmgacha masofani bosib o‘tishga imkon beradi. Tezlashuv vaqti 100 km/sga 7,3-7,9 soniyani tashkil etadi.
Ta’kidlash joizki, Xitoyda avtomobilning birinchi egalari uchun uning asosiy qismlari (akkumulyator, dvigatel va elektron boshqaruv tizimi)ga umrbod kafolat beriladi. Avtomobil kafolati 6 yil yoki 150 000 km bo‘lib, bu esa avtomobilning yuqori ishonchliligidan dalolat beradi.
Barcha uchun alohida ijobiy fakt bu turdagi avtomobillarni boshqarishning tejamkorligi bo‘ldi – taxminlarga ko‘ra, PHEV’ning yillik ekspluatatsiya xarajatlari boshqa avtomobillarga qaraganda 400 dollarga kam.
Aqlli boshqaruv tizimi va 360° kameralarning mavjudligi avtomobilni telefon orqali boshqarish, shuningdek, uning joylashuvini, kameralardan olingan ma’lumotlarni, yoqilg‘i sarfini, isitish va sovitish tizimi va boshqa bir qator tizimlarni boshqarish imkonini beradi.
Bularning barchasi, zamonaviy avtomobil dizayni bilan bir qatorda shuningdek, katta displey (uni tekislikda 90 gradusga kengaytirish imkoniyati bilan), adaptiv kruiz-kontrol, yo‘nalishni boshqarish, havoni tozalash tizimi, simsiz zaryadlash va boshqa ko‘plab funksional imkoniyatlarning mavjudligi, futuristik disklari bilan BYD avtomobillarini sotib olish uchun eng funksional va maqbullardan biriga aylantiradi.
O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida avtomobil ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganligi munosabati bilan, ushbu avtomobillar tadbir qatnashchilari tomonidan ko‘zdan kechirish bilan birga, “Test drive” ham o‘tkazildi, hamda sinovdan o‘tayotgan modellardan iste’molchilarning ko‘ngillari to‘lgani yoki kamchiliklari borasida: avtomobil dizayni, qulayligi va boshqa ko‘plab jihatlarini o‘rganishga qaratilgan maxsus so‘rovnoma o‘tkazildi.
"Car Clinic" usuli "sifatli" tadqiqotlarni, avtomobillarning statistik va dinamik testlarini, shuningdek, so‘rovnomalarni o‘z ichiga olgan.
Tadqiqotning maqsadli auditoriyasi an’anaviy yoqilg‘ili avtomobil va elektromobil egalari bo‘lib, kelajakda optimal konfiguratsiyaning zarur imkoniyatlari va xususiyatlarini batafsil aniqlashga imkon beradi. Ishtirokchilardan olingan so‘rovnomalar natijasi O‘zbekistonda seriyali ishlab chiqarilishi kutilayotgan avtomobillarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga qaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida UzAuto va Xitoyning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi BYD o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishildi. Hamkorlik doirasida tomonlar yengil avtomobillar hamda avtobuslarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani O‘zbekistonning yangi energiya manbayida (NEV - gibridlar, elektromobillar va elektroavtobuslar) amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishni kelishib olishdi. Shuningdek, loyiha o‘z ichiga savdo va servis xizmat ko‘rsatish shu jumladan, elektromobillar akkumulyatorlari hamda elektrodvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Facebook | Instagram | Web | YouTube
Reklama
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
Mavzuga oid

12:24 / 27.06.2025
Qamchiq dovonida BYD xandaqqa tushib ketdi

15:52 / 23.06.2025
Ikkilamchi avtomobil bozori: Chevrolet va Kia avtomobillari arzonlashdi, BYD modellari qimmatlashdi

23:49 / 10.06.2025
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi

20:47 / 09.06.2025