Sirdaryoda yo‘llarni ta’mirlash jarayonida budjet pullarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi 

O‘zbekiston 10:32 / 23.06.2022 6731

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘rganishlar olib borilgan.

DXX xabarida aytilishicha, o‘rganishlar natijasida yo‘l infratuzilmasi obektlarida budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

2020-2021 yillarda Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandagi umumfoydalanuv avtomobil yo‘llari va “Obod qishloq” dasturiga asosan ichki yo‘llarda amalga oshirilgan qayta ta’mirlash ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazilganda, mazkur korxona mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 1 mlrd 525 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksi 167- (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish”) va 209- (“Mansab soxtakorligi”) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: