Twitter uzun tvitlar joylash uchun Notes funksiyasini ishga tushiradi

Jahon 21:51 / 22.06.2022 5884

Twitter ijtimoiy tarmog‘ining yangi funksiyasi mualliflarga uzun tvitlar yaratish imkoniyatini taqdim etadi, deb yozdi TechCrunch nashri.

Yangi vosita Twitter Notes deb nomlanadi.

Notes yordamida foydalanuvchilar keng tahrirlash imkoniyati orqali uzun tvit-postlar hamda ularga mediafayllar qo‘shishlari mumkin bo‘ladi. Ilgari uzun matn yaratish uchun mualliflar tred – bir mavzu bo‘yicha tvitlar zanjirini yaratishlariga to‘g‘ri kelardi.

Nashrning ma’lumot berishicha, hozirda vosita cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar orasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: