Toshkentdagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

O‘zbekiston 12:17 / 22.06.2022 7472

Toshkent shahrining Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yong‘in yuzaga keldi.

Bugun, 22 iyun kuni soat 09:03 da Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent shahar Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan «Evos» ovqatlanish oshxonasida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, o‘t o‘chirish guruhlari yong‘in joyiga soat 09:12 da yetib borib, soat 09:24 da qurshab olingan va soat 09:37 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida binoning taxminan 60 kvadrat metr maydonda tomi hamda oshxona jihozlari yongan, fuqarolar tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari va 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan, deyiladi rasmiy xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: