Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari hibsga olindi 

Jahon 22:24 / 22.06.2022 15928

Qozog‘istonda mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari, chegara xizmati direktori Darxon Dilmonov hibsga olindi. Bu haqda «Sputnik Qozog‘iston» xabar berdi.

Qayd etilishicha, u bilan birga Olmaota oblasti bo‘yicha «Nur Joli» chegara nazorati bo‘limi sobiq boshlig‘i mayor N. Arisboyev va «boshqa shaxslar» ham hibsga olingan.

Ular Qozog‘iston-Xitoy chegarasidagi postlarda mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda.

Yanvar oyida Qozog‘istonda yuz bergan tartibsizliklardan so‘ng mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq boshlig‘i Karim Masimov va uning uch nafar o‘rinbosari hibsga olingandi.

Ko‘proq yangiliklar: