O‘zbekistonda Turkiya politsiyasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

O‘zbekiston 10:43 / 22.06.2022 12560

Anqaraning Interpol Milliy markaziy byurosi talabiga binoan hamda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi tezkor harakatlari tufayli Toshkent shahri hududida Turkiyaning Bakirkoy viloyatida jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan, 1987 yilda tug‘ilgan Turkiya fuqarosi Ya.Yu.ning yashiringan joyi aniqlanib, u qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol MMB xodimlari tomonidan barcha tezkor-protsessual harakatlar yakunlangan.

Ma’lum qilinishicha, huquqbuzar sudda javob berishi hamda jazoga tortilishi uchun chet elliklarga topshirish masalasi hal etilgungacha, ekstraditsiyaga qadar qamoqqa olindi.

Ko‘proq yangiliklar: