O‘zbekistonda to‘laqonli IT Universitet – PDP University ochildi

O‘zbekiston 12:00 / 22.06.2022 45126

Bugun, 22 iyun kuni Hilton mehmonxonasida PDP University ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi mutasaddilari, xalqaro tashkilotlar, mahalliy va xorijiy OTM rektorlari, o‘zbekistonlik o‘qituvchi va repetitorlar hamda OAV vakillarini birlashtirdi.

Marosim davomida asoschilar PDP Universitetining afzalliklari, talablar, kelajakdagi rejalar va ushbu loyiha O‘zbekistonda IT sohasida mutaxassislarni shakllantirishning yangi bosqichi bo‘lishi haqida so‘zlab o‘tishdi.

PDP University IT mutaxassislar uchun foydasiz fanlardan voz kechib, faqatgina kerakli fanlarni o‘z ichiga olgan xalqaro Pearson BTES o‘quv dasturi bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu maqolada IT Universitet afzalliklari, kirish imtihonlari va boshqa ma’lumotlar bilan tanishamiz.

PDP o‘zi kim?

PDP O‘zbekistonda 5 yildan beri malakali IT mutaxassislarni tayyorlab, o‘qitib, ishga joylashishlariga yordam berib keladi. PDP bitiruvchilari EPAM, Exadel, Apelsin, Payme kabi nufuzli kompaniyalarda faoliyat yuritadilar. PDP IT yo‘nalishida ta’lim berish bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. PDP'ni hozirgacha 2000 ga yaqin talaba bitirgan va har 10 ta o‘quvchidan 9 tasi ish bilan ta’minlangan.

Prezident e’tirofi

2021 yil tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev PDP Academy va akademiya asoschisi Odilbek Mirzayevni qo‘llab-quvvatlashini va vazirliklar orqali yordam berishilishini bildirdi.

Nima uchun PDP University?

To‘laqonli IT Universitet

PDP uchun IT yo‘nalishi – faqat boshlang‘ich bilimni beruvchi fakultet emas. PDP University to‘laqonli IT Universitet hisoblanadi. Talabalar IT yo‘nalishlarning keng tanlovi orasidan keraklisini tanlab, ushbu yo‘nalishda chuqur bilimlarni o‘zlashtiradilar.

Malakali va xalqaro ustozlar

PDP University'da darslarni katta tajribaga ega mahalliy va xalqaro ustozlar o‘tadi. Ustozlar nafaqat chuqur ilmga ega nazariyotchi, balki o‘zlari IT kompaniyalarda faoliyat yurituvchi amaliyotchi hamdirlar.

Xalqaro ta’lim texnologiyasi

PDP University'da siz xalqaro ta’lim texnologiyasi va qo‘llanmalari orqali bilim olasiz. AQSh va Buyuk Britaniya kabi 50 dan ortiq davlat va 100 ta universitetda tan olingan Pearson BTEC o‘quv dasturi talabalarga yuqori sifatli akademik ta’lim bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalar berishga mo‘ljallangan.

Ikkinchi kursdanoq ishlash imkoniyati

Talabalar 2-kursdan boshlab mahalliy va xorijiy hamkor kompaniyalarda, hamda xususiy startap loyihalarda amaliyot o‘tash hamda kurs yakunida kamida 500$ maosh bilan ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

O‘qishni chet elda davom ettirish imkoniyati

Saralangan talabalarga 4-kursni AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va boshqa rivojlangan mamlakatlarning 200 dan ortiq universitetlari bilan almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qish imkoniyati beriladi.

PDP Ekotizimi a’zosiga aylanish imkoniyati

Ekotizim IT mutaxassisning sohaga birinchi qadamidan boshlab to yetuk mutaxassis bo‘lishigacha kerak bo‘ladigan barcha imkoniyatlar bilan ta’minlaydi. Unga autsors kompaniya, frilanserlar uyushmasi, ishga joylashish bo‘yicha ko‘mak markazi, startap akselerator va boshqalar kiradi.

Bitiruvda Middle+ darajasi

Ilg‘or akademik ta’lim va PDP Ekotizimidagi real loyihalariga jalb etish natijasida PDP University bitiruvchilari Middle, Middle+ darajasidagi mutaxassisga aylanishlari ko‘zda tutilgan.

Talablar

PDP University maktab yoki litseyni tamomlagan, 16 yoshdan katta, ingliz tili va matematikadan bilim darajasi yaxshi va IT'ga qiziquvchi kuchli ishtiyoqli yigit-qizlarni o‘qishga taklif qiladi.

• IELs 5.5+

• Matematika imtihonidan 50+

• Maktab/litseyni bitirganlik haqida guvohnoma

Ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: university.pdp.uz 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

@PDPUniversity

(78) 777-4747

@PDPSupportBot

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: