Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hududgaz Andijon” press-tur tashkil qildi
Kun davomida o‘tgan press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali faoliyati bilan tanishdilar.

Foto: Kun.uz
Tadbir ishtirokchilari filialning “Qo‘rg‘ontepa” gaz to‘ldirish shoxobchasida gaz mahsulotining yetib kelib tarozidan o‘tishi, maishiy gaz ballonlarining to‘ldirish jarayoniga guvoh bo‘lib mutaxassislardan tegishli ma’lumotlarni olishdi. Maskanda tajribadan o‘tib yaxshi samara berayotgan “E-gaz” dasturida ishlashning o‘ziga xosligi va imkoniyatlari haqida tushuncha berildi.
Jalaquduq tumanidagi Bo‘ston mahallasida aholini maishiy gaz balloni bilan ta’minlash va to‘lov tizimining onlayn amalga oshirilishini bevosita jarayonda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lgan OAV vakillari, fuqarolar bilan muloqotlar olib borishdi.
Xo‘jaobod tumanidagi “Fayz-M” korxonasiga tashrif davomida mazkur ulgurji iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti bilan ta’minlanganlik darajasi va o‘zaro hamkorlik samaradorligi haqida ma’lumotlar olindi.
Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” (ASKUG) loyihasining Andijon viloyatida joriy etilishi press-tur ishtirokchilari uchun Buloqboshi tumanidagi “Qumguzar” MFY misolida ko‘rsatib berildi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025