XOQ Parij-2024 futbol turniri uchun kvotalarni e’lon qildi

Sport 15:07 / 21.06.2022 22332

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Parijdagi Olimpiadaning futbol turniri uchun kvotalarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bu safar ham eng ko‘p yo‘llanma Yevropada – mezbon bilan jami 4ta chipta. Osiyo va Afrika uchun bir xil – 3,5tadan kvota ajratilgan bo‘lsa, Janubiy va Shimoliya Amerika qit’asi vakillari uchun 2tadan, Okeaniya vakiliga esa bitta yo‘llanma ajratilgan.

Parij-2024 futbol turniri uchun kvotalar:

  • UYeFA — 3+1
  • OFK — 3+0,5 (CAF bilan pley-off)
  • CAF — 3+0,5 (OFK bilan pley-off)
  • CONMEBOL — 2
  • CONCACAF — 2
  • Okeaniya — 1

Ma’lumot uchun, Fransiyadagi Olimpiada futbol turnirida ham 16 jamoa yo‘llanma oladi. 2024 yilgi 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining uchta eng yaxshi jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Parijga yo‘l oladi. To‘rtinchi jamoa pley-offda Afrikaning to‘rtinchi jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi U23 bahslarida O‘zbekiston Osiyoning 2-jamoasiga aylandi. Parij-2024 yo‘llanmasi uchun kechadigan Osiyo kubogi U23 o‘yinlari 2024 yilning boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: