London “DXR”da ikki britaniyalikning o‘limga hukm qilinishi munosabati bilan Rossiyaga nota yo‘lladi

Jahon 21:18 / 21.06.2022 14322

Buyuk Britaniya o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi oliy sudining britaniyalik Shon Pinner va Eyden Aslinni o‘lim jazosiga hukm qilgani munosabati bilan Rossiyaga nota yo‘lladi. Bu haqda Rossiyaning Londondagi elchisi Andrey Kelin ma’lum qildi

«Ular nota yo‘llashdi, ammo mutlaqo takabburlarcha va aql o‘rgatuvchi ohangda. Nota bu masalada hamkorlik qilish xohishini uyg‘otmaydi»,— dedi u. 

9 iyun kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi sudi britaniyalik Shon Pinner va Eyden Aslin, shuningdek Marokash fuqarosi Saadun Ibrohimni “DXR”da hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida tayyorgarlikdan o‘tishda aybdor deb topdi

Ularning uchalasiga ham o‘lim hukmi o‘qildi. 

Shon Pinner va Eyden Aslin Boris Jonsondan ularni ukrainalik siyosatchi va biznesmen, «Muxolifat platformasi - Hayot uchun» partiyasi rahbari Viktor Medvedchuk bilan almashtirishda yordam berishni so‘rashgandi. Medvedchuk ayni vaqtda davlatga xiyonatda gumonlanib hibsga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: