Istanbulda g‘alla inqirozi bo‘yicha BMT, Rossiya, Ukraina va Turkiya uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin

Jahon 20:11 / 21.06.2022 9929

Kelasi haftada Istanbulda Ukraina hududidan g‘alla olib chiqish muammosi bo‘yicha Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari muzokaralar o‘tkazishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Milliyet gazetasi xabar berdi.

Shu bilan birga, kelayotgan haftada Turkiya mudofaa vazirligi delegatsiyasi ushbu masalani muhokama qilish uchun Moskvaga borishni rejalashtirmoqda.

Kiyev, Moskva, Anqara va BMT vakillari uchrashuvidan so‘ng tomonlar inqirozni hal qilish mexanizmini yaratadi.

Avvalroq Germaniya Ukraina g‘allasini sinov tariqasida temiryo‘l orqali olib chiqishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada 20 mln tonna g‘alla saqlanmoqda. 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, Ukraina portlaridan g‘alla ortilgan kemalar chiqishi uchun ukrainaliklar Ukrainaga qarashli territorial suvlarni minalardan tozalashi kerak. 

Ko‘proq yangiliklar: