Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HET: “Gazli”dagi avariyaviy holat “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi hududda sodir bo‘lgan
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Gazli-2” elektr uzatish tarmog‘idagi avariya haqidagi xabarga raddiya berdi. Qayd etilishicha, nosozliklar tarmoqning Buxoro HETK balansidagi qismida emas, “O‘zbekneftgaz”ga qarashli Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan tasarruf etiluvchi qismida sodir bo‘lgan.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ
19 iyun kuni soat 06:25da “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJga qarashli “Gazli-1” 110 kV havo liniyasida elektr energiyasining qisqa muddatli o‘chishi sodir bo‘lgan edi.
Bu haqda ma’lum qilgan “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa oqibatida Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “G‘arbiy” kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregati, gazni oltingugurtdan tozalovchi 3 ta texnologik qurilma va bu qurilmalarga issiqlik energiyasini yetkazib turgan 5ta bug‘ qozonlari me’yoriy ish rejimidan avariyaviy holatga o‘tib qolgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmatining ma’lum qilishicha, avariyali uzilishlar kuchli shamol natijasida yuzaga kelgan. Qo‘shimcha qilinishicha, nosozliklar “Buxoro HETK” AJ hisobidagi elektr uzatish tarmog‘ida emas, balki Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan tasarruf etilgan hududda sodir bo‘lgan.
“Uzilish sabablarini aniqlash va yuzaga kelgan holatni bartaraf qilish maqsadida dastlabki o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Xususan, umumiy uzunligi 160 km.dan ortiqni tashkil qiluvchi “Gazli-2” 110 kVli elektr uzatish tarmog‘ining “Buxoro HETK” AJ hisobidagi 117 km elektr uzatish tarmog‘ida yuqoridagi holatga tegishli, ya’ni avariyali uzilishlar kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi kamchiliklar aniqlanmagan. Elektr uzatish tarmog‘ining qolgan 43 km qismi esa Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan tasarruf etiladi.
Kelgusida bu kabi holatlar sodir bo‘lmasligining oldini olish uchun “Gazli-2” 110 kV elektr uzatish tarmog‘ining Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga tegishli qismini ham atroflicha ko‘rikdan o‘tkazish maqsadga muvofiqligini bildiramiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “O‘zbekneftgaz” AJdan avariya hodisasi tafsilotlarini to‘liq va atroflicha o‘rganmasdan, yuqoridagi kabi asossiz ma’lumotlar tarqatmaslikni so‘rab qoladi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025