Samarqandda aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan MChJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
MChJ rahbari davlat resurslari hisobidan ajratilgan 84,5 tonna unni aholiga arzonlashtirilgan narxda yetkazib bermasdan savdo nuqtalari orqali qimmat narxda sotib yuborgan.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda, ”B.” MChJ rahbari O‘.X. “Oqtoshdon” AJdan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 209,8 million so‘mlik 84,5 tonna un mahsulotini dislokatsiyada belgilangan mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, savdo nuqtalari orqali qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025