Ikki nafar fuqaroni Qarshi davlat universitetiga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan samarqandlik shaxs ushlandi

Jamiyat 18:39 / 20.06.2022 11671

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 13 iyun kuni viloyat IIB va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi shaxs ikki nafar fuqaroni tanishlari orqali Qarshi davlat universitetining Tarix hamda Boshlang‘ich ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritishini aytib, ulardan 10 ming dollar talab qilib, pulni olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqand, Toshkent va Andijon viloyatlarida pul evaziga fuqarolarni o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan universitet o‘qituvchisi, talaba va texnikum direktori ushlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: