Toshkentdagi bog‘cha hovlisida laylak oyog‘i bog‘liq holatda saqlab kelinayotgani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi bog‘chalardan biri hovlisida oyog‘i bog‘liq holatda laylak saqlab kelinayotgani haqida xabarlar e’lon qilindi.

Foto: t.me/ecogovuz
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Olmazor tumani, Shifonur ko‘chasi, 2A-uy, "Asia kids” iqtidorli bolalar maktabi hovlisida oyog‘i bog‘liq holatda laylak saqlab kelayotgani haqida e’lon qilingan murojaat o‘rganildi.
Ekologiya qo‘mitasi xabarida aytilishicha, o‘rganishlar davomida murojaat o‘z tasdig‘ini topgan. Shundan so‘ng laylakni tutqunlikda saqlayotgan mas’ullarga nisbatan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Bildirilishicha, qush mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazish va vaqtincha saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

15:38 / 13.02.2025
Olmazor tumanida ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi

14:00 / 08.02.2025
Olmazor tumanida 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

07:31 / 11.06.2024