Yaponiyada 2025 yildan faqat energotejamkor uylar quriladi

Jahon 22:20 / 14.06.2022 8439

NHK telekanalida aytilishicha, 13 iyunda qabul qilingan o‘zgarishlarga ko‘ra, 2025 yildan boshlab Yaponiyadagi barcha turar joylar faqat energiya tejamkor materiallardan quriladi. Uylardagi derazalar joylashuvi, isitish tizimi bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Ushbu o‘zgarishlar natijasida konditsionerlar uchun kamroq elektr energiyasi sarflanishi kutilmoqda.

Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash doirasida ofislar, korxonalarni yangi standartlarga moslab ta’mirlash uchun past foizli kreditlar ajratiladi.

Yaponiyada 2050 yilga borib uglevodorod chiqindisini maksimal kam darajaga yetkazish bo‘yicha reja ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish uchun Yaponiya yana AESlar faoliyatini kengaytirishga, mavjud ko‘mirda ishlovchi IESlardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. 2011 yil «Fukusima-1» AESidagi portlashdan keyin Yaponiyada atom energetikasidan foydalanishni kamaytirishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: