Samarqandda Damas urib yuborgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning xabar berishicha, 2022 yil 24 may kuni Past Darg‘om tumani “Samarqand” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Haydovchi B.B. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Damas mashinasi bilan 2013 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan piyoda T.J.ni yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda, T.J. tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay jabrlanuvchi vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro B.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Shu o‘rinda barcha haydovchilarga murojaat qilib, tezlikni belgilangan me’yoridan oshirmasliklarini, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz!» deyiladi xabarda.
Avvalroq, Payariq tumanida Nexia-3 mashinasini boshqarishda ehtiyotsizlik qilgan haydovchi va uning do‘sti YTH oqibatida vafot etgandi.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025